Putinga yuz minglab dron işlab çiqarişni vada qilgan şaxs hibsga olindi
12-05-2026, 07:53
471 марта

Putinga yuz minglab dron işlab çiqarişni vada qilgan şaxs hibsga olindi
2025 yilning yanvarida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yiliga 300 mingtagaça dron işlab çiqariş haqida hisobot bergan “Transport buduщego” kompaniyasining sobiq boş direktori Yuriy Kozarenko öta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda “Kommersant” naşri xabar berdi.Naşrning yozişiça, avvalroq Belgorodning Sverdlovsk tuman sudi uni 28 iyungaça qamoqqa oliş haqida qaror çiqargan, 8 may kuni esa Belgorod viloyat sudi advokatning apellyatsiya şikoyatini rad etgan. Tergovni Belgorod viloyati IIB olib bormoqda.
“Avia.pro” malumotlariga köra, jinoyat işi uçuvçisiz uçiş qurilmalarini işlab çiqariş böyiça davlat mudofaa buyurtmasini bajariş uçun ajratilgan taxminan 70 million rublni özlaştiriş bilan boğliq. Tergovning fikriça, Kozarenko mablağlarni maqsadsiz sarflaşga aloqador: pullar amalda işlarni bajarmagan “döst” taşkilotlar xizmatlari uçun tölov sifatida ötkazilgan. Bundan taşqari, “Transport buduщego” kompaniyasi 750 ta vertikal kötariliş va qöniş xususiyatiga ega dronlarni seriyali işlab çiqariş uçun 4,5 milliard rubl miqdorida davlat subsidiyasiga ega bölgan, biroq subpudratçi işlarning 80 foizini şartnoma muddati tugaganidan bir yil ötibgina bajargan, bu esa tekşiruvga sabab bölgan.
Kozarenko Belgorod viloyatidagi qişloqlardan biridan çiqqan, Belgorod davlat universitetining “moliya” mutaxassisligini tamomlagan. 2012 yildan boşlab “Efko” guruhida işlab, innovatsiya markazi rahbari darajasigaça kötarilgan. 2022 yilda uçuvçisiz tizimlarni işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi “Transport buduщego” kompaniyasiga rahbar bölgan. 2023 yilda kompaniya “Tolyatti” maxsus iqtisodiy zonasida zavodning birinçi bosqiçini işga tuşirgan (investitsiyalar taxminan 7 mlrd rubl), 2024 yil oxiriga kelib esa oyiga 100 ta dron çiqarilayotgani va buni 250 taga yetkaziş rejalari haqida bayonot bergan.
2025 yil yanvarida Kozarenko Putinni Samaradagi korxonada kutib olib, unga loyihalaş va yiğiş maydonçalarini namoyiş qilgan hamda yiliga 300 mingtagaça dron, jumladan “Geran”larni işlab çiqariş imkoniyati borligi haqida faxr bilan malum qilgan. Öşanda u quvvati yiliga 20 MVt·soat bölgan litiy-ionli akkumulyatorlar işlab çiqariş tsexining oçilişida ham iştirok etib (investitsiyalar 1,3 mlrd rubl), “millionlab talim dronlari va yuz minglab oğir fuqaroviy dronlarni” akkumulyatorlar bilan taminlaşga vada bergan.