Rossiyada yoş qizni öğirlagan özbekistonlik qölga olindi
20-06-2025, 15:35
885 марта

Rossiyada yoş qizni öğirlagan özbekistonlik qölga olindi
Keça, 19 iyun kuni Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Çkalov tuman sudi voyaga yetmagan qizni öğirlaşda ayblanayotgan Özbekiston fuqarosini hibsga oliş töğrisida qaror çiqardi. Bu haqda viloyat sudi xabar berdi.Sud qarorida aytilişiça, Özbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 126-moddasi 2-qismi “d” bandi (voyaga yetmagan şaxsni öğirlaş) böyiça ayblov elon qilingan. Sud tergovçining iltimosnomasini qanoatlantirib, unga nisbatan 1 oy 30 kun muddatga, yani 15 avgustgaça hibsga oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllagan.
Mahalliy OAVning xabariga köra, Özbekiston fuqarosi 14 yoşli qizni Yekaterinburgdan Çelyabinsk şahriga olib ketgan. Qiz ikki hafta davomida qidiruvda bölgan.
Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin holatni şaxsan nazoratga olib, Sverdlovsk viloyati böyiça qömita boşliği Bogdan Frantsişkoga jinoyat işining tergovi va aniqlangan tafsilotlar haqida hisobot berişni topşirgan.