USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

11 yoşli qizni muntazam zörlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

2 788 марта
11 yoşli qizni muntazam zörlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

Abror Kozubayev bloger niqobi ostida boşqa ayolni ikkinçi xotin qilib olgan va uning voyaga yetmagan 11 yoşli qizini muntazam zörlab kelgan. U rad qilib bölmas dalillar bilan qölga olingandi. Qözğatilgan jinoyat işi yopiq sud majlisida körib çiqildi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Voyaga yetmagan qizni muntazam zörlab kelgan 32 yoşli Abror Kozubayev jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Kun.uz’ga Toşkent şahar sudi matbuot xizmati rahbari xabar berdi.

Malum qilinişiça, Abror Kozubayevga oid jinoyat işi yopiq sud majlisida körib çiqilgan.

Jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudining 2024 yil 27 dekabrdagi hukmi bilan Abror Kozubayev Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 2-qismi bilan ayblaş epizodi böyiça harakatlarida jinoyat tarkibi bölmagani sababli aybsiz deb topilib, oqlangan.

U Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) 3-qismi, 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi, 25,119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismi va 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 17 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Tayinlangan jazoning 1 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan. Şuningdek, hukm qonuniy kuçga kirgaç, Abror Kozubayevdan jabrlanuvçi M.A. foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 254,6 mln söm moddiy zararni undiriş nazarda tutilgan.


Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instantsiyasining 2025 yil 17 apreldagi ajrimi bilan birinçi instantsiya sudi hukmining Abror Kozubayevga oid qismi özgartirilgan. Yani uning harakatlaridan öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş jinoyati hamda uşbu jinoyat böyiça tayinlangan jazo çiqarilgan. Şu tariqa, Abror Kozubayevga jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 16 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Hukmning qolgan qismi özgarişsiz, apellyatsiya şikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: