USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Amerikalik mulozim Xitoy uçun josuslik qilgani aniqlandi

138 марта

Amerikalik mulozim Xitoy uçun josuslik qilgani aniqlandi

Amerika Qöşma Ştatlarining Janubiy Kaliforniya hududidagi Arkadiya şahri meri Eylin Vang Xitoy hukumati manfaatlari yölida noqonuniy agent sifatida işlaganini tan oldi va lavozimidan istefo berdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

58 yoşli Vang joriy yilning aprel oyida “xorijiy hukumatning noqonuniy agenti sifatida faoliyat yuritiş” aybi bilan javobgarlikka tortilgan. Tergov malumotlariga köra, u Xitoy amaldorlari topşiriqlarini bajargan, jumladan, Pekinni qöllab-quvvatlovçi maqolalarni tarqatgan. Şu bilan birga, qonunda talab qilinganidek bu haqda Amerika hukumatiga oldindan xabar bermagan.
Vang 2022 yil noyabrida beş kişilik şahar kengaşiga saylangan. Mer lavozimi esa kengaş azolari örtasida navbat bilan berib kelinadi. Şahar menejeri Dominik Latstsaretto bayonotida şahar byudjeti yoki xodimlari bu işga aralaşmaganini aytgan.

“Biz aniq qilib aytmoqçimiz, bu tergov şaxsiy xatti-harakatlarga tegişli. Ayblovlar Vang 2022 yil dekabrida lavozimga kirişganidan keyin töxtagan faoliyatga oid”, degan u.
Amerika federal amaldorlarining malum qilişiça, Vang jinoyatni tan olgan. Bu ayb böyiça unga 10 yilgaça federal qamoq jazosi tayinlanişi mumkin. Vangning advokatlari Jeyson Lyan va Brayan San bayonot berib, mijozi aybning jiddiyligini tuşunişi va ötmişdagi şaxsiy xatolari uçun masuliyatni qabul qilişini bildirgan.
“U şaxsiy hayotida qilgan xatolari uçun uzr söraydi. Uning Arkadiya jamoasiga bölgan muhabbati va sadoqati özgarmagan”, degan advokatlar.
Tergov kelişuviga köra, Vang va uning hamkori Yaoning Mayk San 2020 yil oxiridan 2022 yilgaça Xitoy Xalq Respublikasi amaldorlari manfaatlari yölida işlagan. Ular Amerikada Xitoyni qöllab-quvvatlovçi tarğibotni yoyiş bilan şuğullangan. Mayk San ötgan yil oktyabrda xuddi şu aybni tan olgan va tört yillik qamoq jazosini olgan. U Vangning 2022 yilgi saylov kampaniyasida ğaznaçi sifatida ham qayd etilgan. Vang va San xitoylik amerikaliklar uçun möljallangan U.S. News Center axborot saytini boşqargan.
Tergovga köra, Xitoy amaldorlari ularga saytda Pekin tarafdorlari materiallarini joylaştiriş böyiça körsatma bergan. 2021 yil iyun oyida Xitoyning Los-Anjelesdagi boş konsuli “Los Angeles Times” gazetasida çiqqan maqolaga havola yuborgan. Maqolada Sintszyanda (Şinjon) uyğurlarni taqib qilinişi, majburiy mehnat va zöravonlik haqidagi xabarlar rad etilgan.
“Sintszyanda heç qaçon genotsid bölmagan va paxta dalalari yoki boşqa sohalarda majburiy mehnat yöq”, deyiladi maqolada.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: