Xitoyda mafiya oilasining yana 4 azosi qatl etildi
3-02-2026, 14:08
187 марта

Xitoyda mafiya oilasining yana 4 azosi qatl etildi
Xitoyda Myanmadagi firibgarlik (skam) markazlari tarmoğini boşqargan Bay mafiya oilasi azolarining tört nafariga nisbatan çiqarilgan ölim jazosi ijro etildi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.Ular 2025 yil noyabrida “qasddan odam öldiriş, telekommunikatsiya sohasidagi firibgarlik va noqonuniy giyohvand moddalar savdosi kabi bir qator jinoyatlar” uçun ölim jazosiga hukm qilingan.
“Qatl Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq sudi sanktsiyasi bilan Guandun viloyatining (Janubiy Xitoy) Şençjen şahri sudi tomonidan amalga oşirildi”, deyiladi xabarda.BBC’ning yozişiça, Bay, Min va yana bir neça jinoiy klanlar yillar davomida Myanmaning çegaraga yaqin Laukkay şahrini nazorat qilib kelgan. Ular u yerda kazino, porno-industriya mavzelari va kiberfiribgarlik markazlarini boşqargan. Hatto özining harbiylaştirilgan bölinmasiga ega bölgan Bay oilasi 41 ta yopiq majmua barpo etib, ularda firibgar koll-markazlar va kazinolarni joylaştirgan. Tergov malumotlariga köra, Bay oilasi azolari taxminan 11 tonna metamfetamin işlab çiqariş va sotişda ham iştirok etgan.