Xitoyda mafiya oilasining 11 azosi qatl etildi
29-01-2026, 16:43
433 марта

Xitoyda mafiya oilasining 11 azosi qatl etildi
Xitoyda Myanma şimolida faoliyat yuritgan jinoiy tödalar bilan aloqador 11 nafar şaxs qatl etildi. Ularning orasida onlayn firibgarlik bilan şuğullangan guruhlarning asosiy azolari ham bor. Bu haqda bugun, 29 yanvar kuni “The Asahi” xabar berdi.Qayd etilişiça, mazkur şaxslar 2025 yil sentyabr oyida ölim jazosiga hukm qilingan. Qatllar şarqiy Çjetszyan provintsiyasining Vençjou şahridagi sud tomonidan ijro etilgan. Biroq, rasmiylar jinoyatçilarning şaxsi va sodir etgan jinoyatlari tafsilotlarini oşkor qilmagan. BBC mazkur 11 kişi Min mafiya oilasi azolari bölganini aniqlagan.
Sönggi yillarda Xitoy Janubi-Şarqiy Osiyoda keng tarqalgan “firibgarlik markazlari” faoliyatiga barham beriş maqsadida mintaqa davlatlari – Tailand, Myanma va Kambodja bilan hamkorlikni kuçaytirgan. Mutaxassislarning takidlaşiça, bu çoralar natijasida ön minglab jinoyatda gumon qilinganlar Xitoyga qaytarilgan.
Xususan, ötgan yili Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi Myanmaning janubi-şarqida, Tailand bilan çegaradoş Myavadi şahridan onlayn qimor öyinlari va telekommunikatsiya firibgarligida gumon qilingan 7600 nafardan ortiq xitoylik fuqaro vataniga qaytarilganini malum qilgan.