Eronda Isroil bilan aloqadorlikda ayblanib, 6 kişi qatl etildi
4-10-2025, 20:19
101 марта

Eronda Isroil bilan aloqadorlikda ayblanib, 6 kişi qatl etildi
Eronning janubi-ğarbiy Xuziston viloyatida olti kişi terrorçilik, ajralib çiqişga uriniş (separatizm) va Isroil bilan aloqada bölganlikda ayblanib qatl etildi. Bu haqda bugun, 4 oktyabr kuni “Mehr” xabar berdi.Naşr malumotlariga köra, qatl etilgan şaxslar xorijiy agentlardan ham yordam olgan.
“Bugun ertalab barça huquqiy jarayonlar yakunlanib, Eron Oliy sudi roziligidan söng Xuziston xavfsizligiga sönggi yillarda zarar yetkazgan, bir qator qurolli hujumlar va portlaşlarni amalga oşirgan olti nafar terrorçi va separatistning hukmi ijro etildi”, deyiladi xabarda.Xususan, qatl etilganlar Xuziston viloyatidagi xavfsizlik obektlariga uyuştirilgan hujumlarga aloqadorlikda ayblangan. Ular xavfsizlik xizmati xodimlarini öldiriş va Xurramşahrdagi yoqilği quyiş şoxobçasida sodir etilgan portlaşda iştirok etganlikda ham aybdor deb topilgan. Sud bayonotiga köra, bu şaxslar tinç aholiga va harbiy obektlarga qarşi hujumlar uyuştirişni rejalaştirgan, şuningdek, mintaqadagi vaziyatni beqarorlaştiriş maqsadida çet eldan yordam olgan