Eronda erkak jinoyat qilgan joyida osib öldirildi
22-08-2025, 08:56
928 марта

Eronda erkak jinoyat qilgan joyida osib öldirildi
Bugun, 21 avgust kuni Eronda bir muddat oldin jinoyat sodir etgan erkak sud hukmi bilan aynan öşa joyning özida osib öldirildi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.Naşrga köra, odatda Eronda qatl jazolari qamoqxonalarda ijro etiladi. Jamoaviy qatl esa keng jamoatçilik ğazabini keltirgan jinoyatlar uçun qöllaniladi.
Viloyat sud tizimi rahbariga köra, bu galgi qatl Kordkuy şahrida – jinoyat sodir bölgan joyning özida amalga oşirilgan.
Naşrning qöşimça qilişiça, qatl etilgan şaxs ötgan yili “er-xotin va yoş ayolni ov miltiği bilan otib öldiriş”da aybdor deb topilgan.
Qayd etiş joiz, Eronda qatl hukmi tez-tez amalga oşirilib turadi. Joriy yilning 19 avgust kuni ham Eronning Fors viloyatida bir erkak ona va uning uç farzandini öğrilik vaqtida öldirgani uçun jamoat oldida osilgandi. Uning rafiqasi ham ölim jazosiga hukm qilingan bölib, qamoqxonada qatl etilişi kutilmoqda.
Inson huquqlari taşkilotlari, jumladan Amnesty International malumotlariga köra, Eron Xitoydan keyin dunyoda eng köp odamni qatl etadigan davlat sanaladi.
BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissarligi ötgan oy Eronga ölim jazolaridan voz keçişni tavsiya bergandi hamda yilning birinçi yarmida kamida 612 kişining qatl etilişini “jiddiy masala” sifatida baholagandi.