Eronda 2025 yil boşidan beri 841 kişi qatl etildi
30-08-2025, 21:04
125 марта

Eronda 2025 yil boşidan beri 841 kişi qatl etildi
Eronda 2025 yil boşidan beri kamida 841 kişi qatl etildi, deb xabar berdi BMT Inson huquqlari boşqarmasi.Taqqoslaş uçun: Eronda 2024 yil davomida 975 ta ölim jazosi ijro etilgan.
BMT şohidlik berişiça, iyul oyida Eronda 110 ta nafar odam qatl etildi, yani ötgan yilning şu oyiga nisbatan ikki baravar köp.
Uşbu tendentsiya Eron rejimi muxolifatni bostiriş uçun ölim jazosini muntazam qöllayotganidan dalolat beradi, dedi BMT Inson huquqlari böyiça idorasi vakili Ravina Şamdasoniy. Mahkumlar köpinça qurolli isyon, josuslik yoki diniy jinoyatlarda ayblanadi.
Iyunda, Isroil bilan ön ikki kunlik uruşdan oldin ham qatllar köpaydi, ammo nizo paytida va sulh kuçga kirgandan keyin tendentsiya kuçaydi. Eron xavfsizlik organlari faollarni va duşmanning gumondagi şeriklarini tinmay taqib qildi. Mamlakat matbuoti Isroilga josuslik qilganlar qatl etilgani haqida oxirgi oylarda köp xabar tarqatdi.
Şamdasoniy aytişiça, ayrim davrlarda hukumatning özgaça fikrlovçilarga toqatsizligi oşadi va qatağon tendentsiyasi kuçayadi.