Eronda internet uzilganiga 60 soatdan oşdi – “NetBlocks”
21-06-2025, 17:12
149 марта

Eronda internet uzilganiga 60 soatdan oşdi – “NetBlocks”
Eronda internet uzib qöyilganiga 60 soatdan oşdi. Bu haqda keça, 20 iyun kuni keçasi internet monitoringi bilan şuğullanuvçi “NetBlocks” bergan hisobotda keltirilgan.“Eron hozirda 60 soatdan beri oflayn rejimda. Körsatkiçlar şuni körsatmoqdaki, internetning uzilişi jamoatçilikning siyosiy fikrlarini ifoda etiş, erkin muloqot qiliş va xavfsizlik böyiça ogohlantirişlarga amal qiliş qobiliyatini jiddiy darajada çeklamoqda, ayniqsa Isroil bilan davom etayotgan mojaro fonida”, deyiladi taşkilot bayonotda.“NetBlocks”ga köra, hozirda mamlakatdagi internetga ulaniş darajasi nihoyatda past bölib qolmoqda – odatdagi körsatkiçlarning atigi bir neça foizi. Faqat juda kam sonli foydalanuvçilar köp bosqiçli VPN tunnellari orqali tarmoqqa kira olyapti.

Joriy yilning 18 iyun kuni keçqurun servis Eronda internetning deyarli butunlay uzilganini qayd etgan. Keyinroq Eron aloqa vazirligi bu holatni izohlab, internetga kiriş vaqtinça çeklanganini tasdiqlagan va bunga Isroil tomonidan tarmoqdan foydalaniş xavfi sabab bölganini bildirgan. Şu bilan birga, vazirlik mamlakat içida xizmat körsatuvçi platformalarga kiriş imkoniyati saqlanib qolganini takidlagan.