Rossiyada ölim jazosi amaliyotga qaytarilişi mumkin
2-06-2025, 13:49
220 марта

Rossiyada ölim jazosi amaliyotga qaytarilişi mumkin
Mironovning takidlaşiça, terrorçilar uçun adolatli jazo faqat ölim bölişi mumkin. Ularning fraktsiyasi bir neça bor terrorçilar va ularning hamkorlariga nisbatan ölim jazosini qayta tiklaşni talab qilgan va bu masalada kuraşni davom ettiradi.
“Terrorçilik harakatlariga qöl urganlarga nisbatan gumanistik yondaşuvni töxtatiş kerak”, degan Mironov.
Rossiya Konstitutsiyaviy sudi raisi Valeriy Zorkin ölim jazosi Rossiyada faqat yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, qayta joriy etilişi mumkinligini, boşqa yöl mavjud emasligini bildirgan edi.
Malumot uçun, Rossiyada ölim jazosi 1997 yil 16 apreldan beri qöllanilmaydi. Bu Rossiya Federatsiyasi tomonidan ölim jazosini bekor qiliş bilan boğliq inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qiliş töğrisidagi Strasburg Konventsiyasining 6-sonli protokoli imzolanişi bilan boğliq. Ammo ölim jazosi jazo turi sifatida Rossiya Jinoyat kodeksining 59-moddasida mustahkamlangan. U faqat hayotga tajovuz qiladigan öta oğir jinoyatlar uçun qöllanilişi mumkin. Şunday qilib, Rossiyada 1997 yildan buyon amalda ölim jazosi qöllanilmagan, lekin qonunçilikda bu jazo turi haligaça saqlanib turibdi.