Xitoyda bir oiladan 11 kişi ölimga hukm qilindi
30-09-2025, 15:13
1 101 марта

Xitoyda bir oiladan 11 kişi ölimga hukm qilindi
Xitoyning Vençjou şahridagi Örta xalq sudi jinoiy guruhning 11 nafar azosini ölimga hukm qildi. Bu haqda AP News xabar berdi.Guruh noqonuniy qimor öyinlarini taşkil qiliş va 1,4 milliard dollardan ortiq pul aylanmasi bilan boğliq firibgarlik operatsiyalarini uyuştirganlikda, şuningdek, talabni bajarişdan boş tortgan xodimlarni öldirişda ayblangan.
Yana beş nafar ayblanuvçiga ikki yillik muhlat bilan ölim jazosi berildi. Xitoy sud amaliyotida bunday şartli ölim jazosi köpinça keyinçalik umrbod qamoq jazosiga almaştiriladi. Yana 12 nafar ayblanuvçi beş yildan 24 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilindi.
Min oilasi azolarini hibsga oliş uçun orderlar Xitoy sudi tomonidan 2023 yilning noyabr oyida çiqarilgan. Ular Myanma bilan çegaradoş hududlarda qotillik va firibgarlik sxemalarini uyuştirganlikda gumon qilingan. Sindikatning jinoiy faoliyati oqibatida 14 nafar xodim halok bölgan.
Ulardan ön nafari firibgarlik rejasida qatnaşgan va qoçişga urinayotganda yoki buyruqqa böysunmagani uçun halok bölgan. Misol tariqasida 2023 yilning oktyabr oyida sodir bölgan voqea keltirildi, unda ayblanuvçilar Xitoyga qaytib kelmaslik uçun firibgarlik markazlaridan birida odamlarga qarata öt oçgan.