Çet ellik öquvçi qizni zörlagan özbekistonlik umrbod qamoqqa hukm qilindi
4-09-2025, 15:01
1 144 марта

Qozoğistonda öquvçi qizni zörlagan özbekistonlik umrbod qamoqqa hukm qilindi
Qozoğistonning Turkiston viloyati Keles tumanida 8-sinf öquvçisini köp marta zörlagan 35 yoşli Özbekiston fuqarosiga hukm çiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Ayblanuvçi öz aybini tan olmadi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.Jinoyat işlari böyiça Turkiston viloyati ixtisoslaştirilgan tumanlararo sudiga köra, erkak “Zörlaş” moddasi böyiça gumon qilingan. Sudlanuvçi Qozoğiston Respublikasiga 2024 yil örtalarida quriliş işlarini olib boriş uçun borgan.
Qayd etilişiça, Keles tumanidagi xonadonlardan birida iş bilan şuğullanar ekan, qöşni xonadondagi 2011 yilda tuğilgan qizning ahvolidan foydalanib, u bilan bir neça marta jinsiy aloqada bölgan.
Prokuror unga umrbod qamoq jazosini talab qildi, sud buni töliq qanoatlantirdi. Ayblanuvçining özi esa aybini tan olmadi.
Sud sudlanuvçini Qozoğiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120-moddasi 4-qismi bilan aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Hukm 25 avgust kuni elon qilingan. Ayblanuvçining apellyatsiya beriş yoki bermasligi hozirça nomalum. Hukm hali qonuniy kuçga kirgani yöq.