USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyaga isiriq olib borgan ayol 8 yilga qamaldi

1 138 марта

Rossiyaga isiriq olib borgan ayol 8 yilga qamaldi

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi mamlakatga isiriq olib kirişga uringanlikda ayblanib, sudga tortildi. Ulardan biri 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Tojikiston Boş prokuraturasi xabar berdi.
Unda aytilişiça, ayollar isiriqni “şaxsiy va tibbiy maqsadlarda” olib kirişga uringan, biroq Rossiya aeroportlarida uşlangan va jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ayollardan biriga Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi (giyohvand moddalarni sotiş maqsadini közlamay saqlaş, taşiş, işlab çiqariş va qayta işlaş), şuningdek, 229.1-moddasi 3-qismi (tarkibida narkotik moddalar bölgan ösimliklarni Rossiya bojxona çegarasi orqali noqonuniy olib ötiş) böyiça ayblov qöyilgan.

“Tergov yakunlangaç, jinoyat işi sudga yuborilib, sudlanuvçini 8 yilga ozodlikdan mahrum qiliş haqida hukm çiqarildi”, deyiladi Boş prokuratura xabarida.

Hibsga olingan ikkinçi ayolning taqdiri haqida malumot berilmagan.

Boş prokuratura Tojikiston fuqarolarini Rossiyaga isiriq olib ötmaslik va bu davlat hududida foydalanişdan ogohlantirgan. Takidlanişiça, 10 dan ortiq isiriq boğlamini taşigan va saqlaganlar 1 million rubl (153,4 million söm) miqdorida jarima yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.
2024 yilning fevral oyida isiriq Rossiyada giyohvand moddalar ösimliklari röyxatiga kiritilgandi. Uning noqonuniy aylanişi, saqlaş va istemol qiliş uçun yuqori jarima yoki qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: