Tojikistonning Özbekistonda uşlangan hokimi qamaldi
8-05-2025, 10:48
199 марта
Tojikistonning Söğd viloyatidagi Konibodom şahrining sobiq hokimi Abdusalom Töxtasunzoda “pora oliş” va “firibgarlik”da aybdor deb topilib, şahar sudi tomonidan 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.Biroq hukm hali qonuniy kuçga kirmagani bois, iş tafsilotlari oşkor etilmagan. Abdusalom Töxtasunzoda joriy yilning yanvar oyida Konibodom hokimi lavozimidan ozod etilgan va aprel oyi boşida Özbekistonda hibsga olingan va Tojikistonga olib ketilgan edi.
30 aprel kuni Konibodom şahar sudi Töxtasunzodani Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ikki moddasi – 319-modda (pora oliş) va 247-modda (firibgarlik) böyiça aybdor deb topdi. Naşr manbalariga köra, unga hukm yopiq sud majlisida çiqarilgan.
Töxtasunzodaning özi, uning yaqinlari va himoyaçisining hukmga nisbatan fikri nomalum.