Özbekistonga noqonuniy benzin taşiganlar uzoq muddatga qamaldi
20-08-2025, 15:44
555 марта

Özbekistonga noqonuniy benzin taşiganlar uzoq muddatga qamaldi
Qozoğiston Respublikasining Turkiston viloyati sudida benzin kontrabandasida ayblangan 5 kişiga hukm öqildi. Ular AI-92 markali yonilğini yirik miqdorda noqonuniy ravişda çegaradan olib ötişda aybdor deb topildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.Qayd etilişiça, iş jinoyat işlari böyiça Turkiston viloyati sudida körib çiqilgan. 5 nafar sudlanuvçiga transmilliy uyuşgan jinoiy guruh tuziş va unga rahbarlik qiliş, unda iştirok etiş, şuningdek, neft mahsulotlarini yirik miqdorda öğirlaş, saqlaş, taşiş va sotiş hamda davlat çegarasi orqali noqonuniy olib ötişda ayblov qöyilgan (Jinoyat kodeksining 264-moddasi 1-2-qismi, 197-moddasi 4-qismi 1-2-bandlari, 234-moddasi 3-qismi 2-bandi).
Sud materiallariga köra, 2024 yilning iyulida sudlanuvçilardan biri Özbekistonda benzin narxi yuqoriligidan foydalanib, moddiy ahvolini noqonuniy yaxşilaş maqsadida tanişi bölgan özbekistonlik fuqaro bilan til biriktirgan. U transmilliy uyuşgan jinoiy guruh tuzib, unga rahbarlik qilgan va tört nafar boşqa şaxs hamda özbekistonliklarni guruhga qöşgan.
Tergov jarayonida aniqlanişiça, ular Sirdaryo tumanidagi Sarkirama qişloğidagi xöjalik hovlisidan 375 metr uzunlikdagi yer osti quvurini ötkazgan. Quvurning bir qismi Qozoğiston hududidan, ikkinçisi esa Özbekiston hududidan ötgan. 2024 yilning avgustidan dekabrigaça ular bojxona nazoratini çetlab ötib, 420 tonna AI-92 markali benzinni umumiy qiymati 112 million 512 ming tenge bölgan hajmda çegaradan noqonuniy olib ötgan.
Prokuror guruh rahbarini 15 yilga, qolganlarini esa 12 yilga ozodlikdan mahrum qilişni söragan. Ammo sudlanuvçilar öz aybini tan olmagan va oqlaşni söragan. Sud ularning kiçik yoşli farzandlari borligini yengillaştiruvçi holat sifatida hisobga olgan. Oğirlaştiruvçi holatlar aniqlanmagan. Joriy yilning 18 avgust kuni sud qarori çiqarilgan: guruh rahbariga 15 yil, qolgan tört kişiga esa 13 yildan ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.
Tintuv vaqtida topilgan 3 million tenge, 16 ming litr AI-92 benzini, ZIL va GAZ yuk avtomobillari musodara qilingan va davlat foydasiga ötkazilgan. Hukm hali qonuniy kuçga kirmagan.