Xitoyda poraxör mansabdor ölimga hukm qilindi
25-06-2025, 12:25
168 марта

Xitoyda poraxör mansabdor ölimga hukm qilindi
Xitoy sudida poraxörlik jinoyati uçun mansabdor şaxs ölim jazosiga hukm qilindi, biroq hukm ijrosi ikki yilga keçiktirildi. Ayblanuvçi noqonuniy tarzda 15 million dollardan ortiq mablağ olgan. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.Telekanalga köra, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengaşi Xunan provintsiyasi qömitasi raisining sobiq örinbosari Day Daotszin poraxörlikda aybdor deb topilib, Guandun provintsiyasining Çjuxay şahridagi xalq sudi tomonidan ölim jazosiga hukm qilingan.
Sud hukmiga köra, Day Daotszin poraxörlik uçun ölim jazosiga hukm qilingan, ammo bu hukm ijrosi ikki yilga keçiktirildi. Şuningdek, u butun umr siyosiy huquqlardan mahrum etilib, uning barça şaxsiy mulki musodara qilingan.
Malum bölişiça, Day Daotszin turli lavozimlarda işlagan paytida xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlari yölida foydalangan. Xususan, u bevosita yoki öz qarindoşlari orqali jami 107 million yuandan (taxminan 14,9 million dollar) ortiq moliyaviy va moddiy boyliklarni noqonuniy ravişda qabul qilgan.
U istefoga çiqqandan keyin ham eski aloqalaridan foydalanib, yana 3,66 million yuan (510 ming dollar atrofida) qiymatidagi boyliklarni noqonuniy olgan.
Malumot uçun, Xitoyda poraxörlik uçun ölim jazosini ikki yilga keçiktiriş bilan çiqarilişi odatiy hol. Bunday hollarda, agar ikki yil ötganidan söng, sudlanuvçi yaxşi xulq körsatsa, ölim jazosi umrbod qamoqqa almaştiriladi, lekin yengillik berilmaydi va muddatidan ilgari ozod etilmaydi.