Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qoçgan 6 nafar özbekistonlikga hukm öqildi
18-05-2025, 13:42
856 марта
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qoçgan 6 nafar özbekistonlikga hukm öqildiRossiyaning Lipetsk şahri sudi 2024 yil oktyabr oyida koloniyadan 30 metrlik tunnel qazgan va qoçişga muvaffaq bölgan olti nafar mahbusga hukm öqidi.
Qoçqinlar Rossiya Jinoyat kodeksining 313-moddasi («Bir guruh şaxslar tomonidan hibsxonadan qoçiş») böyiça aybdor deb topilib, 4,5 yildan 12,5 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sud qarorida aytilişiça, Lipetskdagi 2-son umumiy rejimli koloniyada jazo ötayotgan mahkumlar ikki oy davomida quvur, belkurak va kesiş diski bölaklaridan foydalanib, tunnel qazigan. Uzunligi 30 metrdan ortiq bölgan tunnel koloniya panjarasi ostidan ötgan. 2024 yil 25 oktyabr kuni mahbuslar – beş nafar özbekistonlik va bir nafar tojikistonlik tunnel orqali qoçib ketgan.
Beş mahbus zudlik bilan hibsga olingan, oltinçisi 6 noyabr kuni Tambov viloyatida topilgan edi.