Xitoyda sobiq vazir şartli ölim jazosiga hukm qilindi
29-09-2025, 18:21
119 марта

Xitoyda sobiq vazir şartli ölim jazosiga hukm qilindi
Xitoyning sobiq qişloq xöjaligi vaziri Tan Jentszyan 29 sentyabr kuni pora olgani uçun ikki yillik muhlat bilan ölim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.Bunday qaror mamlakat şimoli-şarqidagi Tszilin provintsiyasining Çançun şahri oraliq xalq sudi tomonidan qabul qilindi. Tan ham umrbod siyosiy huquqlaridan mahrum qilindi. Uning barça şaxsiy mulki, şuningdek, noqonuniy daromadlari davlat tomonidan musodara qilindi.
25 iyul kuni bölib ötgan sud majlisida sobiq amaldor öz aybiga iqror böldi va sönggi sözida puşaymonligini bildirdi. Sud buni inobatga olib, ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş bilan ölim jazosini tayinladi.
Tan Xitoy janubidagi Guansi-Çjuan muxtor tumani xalq hukumati raisining örinbosari va Xitoy şimoli-ğarbidagi Gansu provintsiyasi xalq hukumati raisi kabi lavozimlarda işlagan. Şuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi qişloq xöjaligi vazirligining partiya yetakçilik guruhi kotibi lavozimida ham işlagan.
Joriy yilning aprel oyida unga nisbatan ayblov elon qilingan edi. Iş Çançun xalq prokuraturasi tomonidan qözğatilgan. Ötgan yilning noyabr oyida Tan Xitoy Kommunistik partiyasidan çiqarib yuborilgan va dekabr oyida hibsga olingan.
Muddat ölim jazosi faqat şu vaqt içida mahkum yangi jinoyat sodir etgan taqdirdagina amalga oşirilişini bildiradi. Hukm muddati tugagaç, ölim jazosi umrbod qamoq jazosiga almaştiriladi.