AQŞ Qozoğiston osmonida nomalum jism uçgani haqida malumotlarni elon qildi
13-05-2026, 10:57
423 марта

AQŞ Qozoğiston osmonida nomalum jism uçgani haqida malumotlarni elon qildi
AQŞ Uruş vazirligi öz rasmiy sahifasida 1994 yil 27 yanvar kuni Qozoğiston osmonida nomalum uçuvçi jism kuzatilgani haqidagi malumotni elon qildi.Qayd etilişiça, vazirlik sahifasida Tojikistondagi AQŞ elçixonasidan Davlat kotibiga yuborilgan diplomatik telegramma çop etilgan. Unda Boeing 747 samolyoti uçuvçisi hamda AQŞning 3 nafar fuqarosi Qozoğiston ustida 41 ming fut balandlikda uçayotgan nomalum jismni kuzatgani haqida aytilgan.
Hodisa paytida jism juda kuçli yoruğlik taratgan va şarq tomondan ufqqa tomon nihoyatda katta tezlikda hamda ança balandlikda yaqinlaşgan. Olingan suratlarda uçuvçi jism 90 darajali buriliş qilgani, aylana böylab yuqori tezlikda harakatlangani va keskin manyovrlar bajargani köringan.
“Jism parvoz paytida öqqa öxşagan. Vizual kuzatuvga köra, undan qolgan izlar 100 ming fut balandlikda bölgan. Bu esa oddiy samolyotlar iz qoldirişi mumkin bölgan balandlikdan ança yuqori”, deyiladi hujjatda.