USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron BAAga tegişli kemani qölga oldi. Yana bir kema Ummon yaqinida çöktirildi

93 марта

Eron BAAga tegişli kemani qölga oldi. Yana bir kema Ummon yaqinida çöktirildi

Manba: Breaking News.ei
Hormuz böğozi yaqinida harbiy-siyosiy taranglik yanada ortdi. Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) qirğoqlari yaqinida langar taşlagan kema qölga olindi. Ummon yaqinida esa hujumga uçragan yuk kemasi çökib ketdi. AP va Reuters naşrlariga köra, buning ortida Eron turibdi.


Britaniya dengiz savdo operatsiyalari markazi xabariga köra, kema BAAning Fujayra portidan 70 kilometr uzoqlikda qölga olingan. Uşbu port uruş davomida bir neça bor hujumga uçragan strategik terminal hisoblanadi. Britaniya harbiylarining takidlaşiça, kema hozirda Eron hududiy suvlari tomon olib ketilmoqda.

Şu bilan birga, Hindiston bayroği ostida harakatlanayotgan “Hoji Ali” yuk kemasi Ummon qirğoqlarida hujumga uçragan. Kema Somalidan BAAning Şarja portiga ketayotgan bölgan. Hujum oqibatida kemada yonğin çiqqan va u çökib ketgan.

Bortdagi barça 14 nafar hindistonlik ekipaj azosi Ummon qirğoq qöriqlaş xizmati tomonidan qutqarilgan. Hindiston Taşqi işlar vazirligi hodisani mutlaqo qabul qilib bölmas deb baholadi va dengizçilarga nisbatan hujumlarni qoraladi.

Uşbu hodisalar AQŞ prezidenti Donald Trampning Pekinda Si Tszinpin bilan uçraşuvi fonida yuz berdi. Oq uyning bildirişiça, har ikki davlat Hormuz böğozi kemalar qatnovi uçun oçiq qolişi kerakligi borasida hamfikr.

Aynan şu vaqtda Eron özining yangi protokollari asosida Xitoy kemalarini böğozdan ötkaza boşladi. Bu Pekinning Tehrondagi elçisi va taşqi işlar vaziri sörovidan söng amalga oşirilgan. Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiga köra esa, böğoz hududi barça tijoriy kemalar uçun oçilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: