Qora dengizda yuk kemasi çökib ketdi
14-10-2025, 12:47
437 марта

Qora dengizda yuk kemasi çökib ketdi
Bortida Ukrainaning 10 nafar dengizçisi bölgan yuk kemasi Qora dengizda çökib ketdi. Bu haqda “Maritime” xabar berdi.Malumotlarga köra, joriy yilning 12 oktyabr kuni Qora dengizning Bolgariya qirğoqlari yaqinida Kamerun davlati bayroği ostida suzib borayotgan “EILEEN” yuk kemasi çökişni boşlagan va ekipaj azolari qutqarib olingan.
Bolgariya Mudofaa vazirligi malumotlariga köra, kema yon tomonidan teşilgan va şarqdan deyarli 260 km uzoqlikda çökişni boşlagan. Ekipajning ikkita azosi kemani tark etib, qutqaruv signalini yuborgan. Voqea joyiga Bolgariya harbiy-dengiz kuçlarining çegara qöriqlaş kemasi va vertolyoti, şuningdek, Ruminiya va Turkiya kemalari jönatilgan. Birgalikda olib borilgan operatsiya natijasida dengizçilar turk kemasi bortiga joylaştirilgan.
“Qutqaruv kemasi falokat joyiga etib bordi va butunlay çökib ketgan kemaning 10 nafar ukrainalik azolari qutqarib qolindi”, daya izoh bergan Turkiya qirğoqlarini qöriqlaş xizmati.