AQŞ Eronga beşta şart qöydi
18-05-2026, 09:46
267 марта

AQŞ Eronga beşta şart qöydi
AQŞ Eronga tinçlik muzokaralarini qayta boşlaş uçun bajarilişi lozim bölgan beş talabdan iborat röyxatni topşirdi. Bu haqda “Fars News Agency”xabar berdi.Agentlik malumotiga köra, AQŞ quyidagi şartlarni ilgari surgan:
- Vaşington uruş oqibatida yetkazilgan zarar uçun Eronga heç qanday kompensatsiya tölamaydi;
- Eron 400 kilogramm boyitilgan uranni mamlakatdan olib çiqib, AQŞga topşirişi kerak;
- Mamlakatda faqat bitta işlayotgan yadroviy majmua qoldirilişi lozim;
- AQŞ muzlatilgan Eron aktivlarining köpi bilan 25 foizini ozod qiladi.
Naşr keltirgan ekspertlar fikriça, AQŞ bu orqali muammoni hal qiliş emas, balki uruş vaqtida erişa olmagan maqsadlarini muzokara orqali amalga oşirişga urinmoqda.
Bundan avval Eron ham muzokaralarni qayta tiklaş uçun AQŞga beş talabni ilgari surgan edi. Ular quyidagilardan iborat:
- barça frontlarda, ayniqsa Livanda uruşni töxtatiş;
- Eronga qarşi sanktsiyalarni bekor qiliş;
- muzlatilgan Eron aktivlarini ozod qiliş;
- uruş oqibatidagi zararni qoplaş;
- Hormuz böğozi ustidan Eron suverenitetini tan oliş.