Eron boyitilgan uranni AQŞga bermaydi – Bağoiy
18-04-2026, 19:31
122 марта

Eron boyitilgan uranni AQŞga bermaydi – Bağoiy
Eron özining boyitilgan uranini AQŞga topşiriş masalasini heç qaçon muhokama qilmagan. Bu haqda keça, 17 aprel kuni mamlakat Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bağoiy televideniye orqali qilgan çiqişida söz oçdi.U bunday variant körib çiqilmayotganini takidlagan.
“Boyitilgan uran biz uçun Eron tuproği kabi muqaddasdir va u heç qayerga, heç qanday şaroitda topşirilmaydi”, deydi Bağoiy.
Şu tariqa, u AQŞ Prezidenti Donald Trampning Eron bombardimonlar paytida zarar körgan Isfahon, Natanz va Fordo obektlaridagi boyitilgan uranni amerikaliklarga topşirişga rozi bölgani haqidagi iddaosini rad etdi. Oq uy rahbari materiallarni vayronalar ostidan ekskavatorlar bilan qazib olib, AQŞga olib çiqib ketişini, buning evaziga esa Tehron “heç qanday pul olmasligini” aytgan edi.
Bağoiy, şuningdek, OAVda Eronning uranni boyitişni töxtatişga tayyorligi haqidagi xabarlar muzokaraçilarga nisbatan “media-bosimning bir qismi” ekanini, biroq Tehron bu masalada öz tamoyillariga amal qilişda davom etişini takidlagan.
Aprel oyi boşida AQŞ Eronga uruşni tugatiş böyiça 15 banddan iborat rejani taqdim etgandi. U Natanz, Isfahon va Fordodagi yadroviy obektlarni demontaj qilişni, şuningdek, 60 foizgaça boyitilgan taxminan 450 kg uranni Xalqaro atom energiyasi agentligiga topşirişni öz içiga olgan. Xuddi şu takliflar 12 aprel kuni Pokistonda ikki davlat örtasidagi töğridan töğri muzokaralarda ham muhokama qilingan.
Amerika delegatsiyasiga rahbarlik qilgan vitse-prezident Jey Di Vens Ştatlar Eronda qolgan uranni qölga kiritiş niyatida ekanini qayd etgan. “The New York Times” manbalariga köra, Vaşington uranni boyitişga 20 yillik moratoriy talab qilgan, biroq Tehron faqat beş yillik çeklovga rozi bölgan. Eronning boşqa şartlari sanktsiyalarni bekor qiliş va uruş yetkazgan zarar uçun tovon tölaşdan iborat edi.