Tramp Erondan uranni olib çiqib ketmoqçi
31-03-2026, 09:55
162 марта

Tramp Erondan uranni olib çiqib ketmoqçi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron hududidan taxminan 450 kg uranni olib çiqiş böyiça harbiy operatsiyani amalga oşiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.Naşrning yozişiça, bunday missiya murakkab va xavfli böladi, çunki AQŞ harbiylari Eron hududida bir neça kun yoki undan köproq vaqt qolişiga töğri keladi. Bu esa amerikalik askarlarni töğridan töğri xavf ostiga qöyadi.
Manbalarga köra, Tramp hali yakuniy qaror qabul qilmagan va AQŞ harbiylari uçun xavflarni baholamoqda. Şu bilan birga, u bu ğoyaga umuman qarşi emas, çunki bu orqali u asosiy maqsadiga – Eronning heç qaçon yadro quroli yaratişiga yöl qöymaslikka erişişni istaydi.
Gazeta manbasining aytişiça, Tramp öz maslahatçilariga Eronni uranni kelişuv asosida topşirişga majbur qiliş uçun bosim ötkazişni ham tavsiya qilgan.
“Pentagon vazifasi – boş qömondon uçun maksimal harakat erkinligini taminlaydigan tarzda tayyorgarlik körişdir. Bu prezident qaror qabul qildi degani emas”, degan Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.
Pentagon vaziyatga izoh berişdan boş tortgan. AQŞ Markaziy qömondonligi ham izoh bermagan.
Avvalroq, OAV Vaşington Eron hududidan uranni olib çiqiş uçun maxsus kuçlarni yuborişi mumkinligi haqida yozgandi. Gap keng kölamli operatsiya haqida emas, balki kiçik reydlar haqida ketmoqda.
Bu yerda yuqori darajada boyitilgan uran nazarda tutilmoqda. Tehronning takidlaşiça, ötgan yozda Isroil va AQŞ tomonidan Eron yadro obektlariga berilgan zarbalardan söng bu uran inşootlar vayronalari ostida qolib ketgan.