USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Eronga qarşi taktik yadro qurolidan foydalanişi mumkin – OAV

184 марта

AQŞ Eronga qarşi taktik yadro qurolidan foydalanişi mumkin – OAV

AQŞ Eronning Fordodagi uranni boyitiş böyiça mustahkam yadro obektiga qarşi taktik yadro qurolidan foydalanişni istisno qilmayapti. Bu haqda Oq uydagi mansabdor şaxsga tayanib, “Fox News” muxbiri Jeki Xaynrik xabar berdi.
Manbaning bildirişiça, AQŞ harbiylari bunkerni yorib kiruvçi bombalarning samaradorligiga şubha qilmaydi va ular yordamida Eronning yadro zavodini yöq qiliş mumkin deb hisoblaydi. Şunday qilib, Donald Tramp mamuriyati “The Guardian” gazetasidagi xabarlarga raddiya berdi. Mazkur naşr avvalroq harbiylar Fordodagi obektni faqat taktik yadro zarbasi bilan yöq qiliş mumkin deb hisoblayotgani, biroq AQŞ Prezidenti bu variantni rad etayotgani haqida yozgan edi.
Bundan avval esa “Axios” naşri Tramp 13,6 tonna oğirlikdagi GBU-57 rusumli bunkerni yoruvçi bomba 90 metr çuqurlikda joylaşgan yerosti zavodini işonçli tarzda vayron qila olişiga şubha bilan qarayotganini yozgan. Şu bilan birga, AQŞ Mudofaa departamentiga qaraşli Harbiy xavflarni kamaytiriş agentligi Fordodagi yadro obektini yöq qiliş uçun avval yer qatlamini oddiy bombalar bilan yumşatiş, keyin esa u yerga bombardimonçi samolyotdan yadro bombasini taşlaş kerakligini takidlagan.
“Wall Street Journal” naşrining yozişiça, Tramp joriy yilning 17 iyun kuni Eronga qarşi harbiy zarba beriş rejasini maqullagan, biroq hozirça bu rejaning amalga oşirilişi böyiça buyruq bermagan. U Tehron yadro dasturidan öz ixtiyori bilan voz keçadi degan umidda kutmoqda. Keça, 19 iyun kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning malum qilişiça, AQŞ Prezidenti ikki hafta içida Eron böyiça zarba beriş-bermaslik haqida qaror qabul qiladi. Bunga qadar Tramp Tehrondan “şartsiz taslim böliş”ni talab qilgan. Uning aytişiça, Islom Respublikasining havo hududi ustidan AQŞ töliq nazorat örnatgan va Vaşington “Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy qayerda yaşirinayotganini” biladi. Tramp uni “oson nişon” deb atadi, biroq AQŞning hozirça uni yöq qiliş rejasi yöqligini takidladi.
Bunga javoban Oyatulloh Xomanaiy Eron heç qaçon taslim bölmasligini va AQŞ Prezidentining talablariga rozi bölmasligini aytdi. Şuningdek, u AQŞ tomonidan amalga oşiriladigan har qanday harbiy hujum oğir va qaytarib bölmas oqibatlarga olib kelişidan ogohlantirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: