Eron Oliy rahbari AQŞ bilan muzokaralarga rozilik berdi – OAV
24-03-2026, 19:23
77 марта

Eron Oliy rahbari AQŞ bilan muzokaralarga rozilik berdi – OAV
Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi AQŞ Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan telefon muloqoti çoğida mamlakat Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy Vaşington bilan muzokaralarni maqullaganini malum qildi. Bu haqda yuqori martabali Eron mulozimiga tayanib, “Ynet” xabar berdi.Naşr malumotlariga köra, Uitkoff va Aroqçi örtasidagi suhbat joriy yilning 19 mart kuni bölib ötgan. Isroil Vaşington va Tehron örtasidagi töğridan töğri aloqalar haqida xabardor qilinmagan.
Naşr suhbatdoşining qayd etişiça, Aroqçi uçun “AQŞga Erondagi hokimiyat ierarxiyasini körsatiş” muhim bölgan.
Suhbat davomida Aroqçi Xomanaiy uruşni tezroq yakunlaşga tayyorligini, biroq bu Tehron şartlari bajarilgan taqdirdagina yuz berişini bildirgan. “Ynet”ning yozişiça, gap Tehron va Vaşington uruşdan oldin Jenevadagi muzokaralarda muhokama qilgan deyarli öşa şartlar haqida bormoqda. Xususan, Eron boyitilgan uranni Rossiyaga olib çiqib ketişni muhokama qilişga tayyor, biroq yadro dasturi va ballistik raketalardan butunlay voz keçişga rozi emas.