Eron va AQŞ örtasida yadroviy muzokaralar boşlandi
6-02-2026, 18:48
99 марта

Eron va AQŞ örtasida yadroviy muzokaralar boşlandi
Bugun, 6 fevral kuni Ummon poytaxti Maskatda Eron va AQŞ delegatsiyalari örtasida yadroviy dastur böyiça muzokaralar Ummon diplomatlari vositaçiligida rasman boşlandi. Bu haqda Eronning “Mehr” agentligi xabar berdi.Eron delegatsiyasiga Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi boşçilik qilmoqda. Avvalgi muzokara bosqiçlari iştirokçilaridan taşqari, delegatsiyaga TIV rahbarining iqtisodiy diplomatiya böyiça örinbosari Hamid Ğanbari ham qöşilgan. AQŞ muzokara guruhiga esa Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff rahbarlik qilmoqda. Delegatsiyaga Jared Kuşner ham qöşilgan.
Muzokaralar boşlanişidan avval har ikki delegatsiya rahbari Ummon Taşqi işlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiy bilan uçraşuv ötkazgan.
Bir neça soat avval Eron TIV rahbari Tehron muzokaralarga “vijdonan, avvalgi tajribani töliq inobatga olgan holda va öz huquqlarini himoya qilişga qatiy bel boğlagan holda” kirişayotganini malum qilgan. Eron uçun asosiy ustuvor masala – sanktsiyalarni bekor qiliş yoki yumşatişdir. Xabarlarga köra, Vaşington muzokaralar kun tartibini kengaytirişga intilgan, biroq Tehron faqat yadroviy dastur masalasini muhokama qilişga rozi bölgan.
Bungaça “Axios” naşri öz manbalariga tayanib, AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar asosan arab ittifoqçilarining AQŞ Prezidentiga bosimi tufayli ötkazilayotganini yozgan. Naşrning yozişiça, mintaqaning kamida töqqiz davlati rahbarlari Oq uy rahbaridan uçraşuvni bekor qilmaslikni söragan.
2025 yilda AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Abbos Aroqçi Ummonda Eron yadroviy dasturi böyiça beş raund muzokara ötkazgan. Mamlakatlar örtasidagi muloqot natijasiz yakunlangan. Iyul oyida AQŞning Eron yadroviy obektlariga hujumidan söng şaxsiy aloqalar töxtatilgan.