Eron-AQŞ yadroviy muzokaralari Ummonda bölib ötadi – Aroqçi
5-02-2026, 19:15
99 марта

Eron-AQŞ yadroviy muzokaralari Ummonda bölib ötadi – Aroqçi
Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ertaga, 6 fevral kuni Ummonda Eron va AQŞ örtasida yadroviy muzokaralar bölib ötişini malum qildi. Bu haqda u keça, 4 fevral kuni özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.Bir neçta OAVlar Eron-AQŞ muzokaralari bekor bölgani haqidagi yangiliklar tarqatganidan söng Taşqi işlar vaziri mazkur xabarlar notöğri va asossiz ekanini bildirgan.
Eron va AQŞ muzokaralarni avvalroq Turkiyada ötkazişi rejalaştirilgan. Turkiya bir hafta davomida tomonlarni muzokara stoliga yiğişga harakat qilgan. Biroq, uçraşuv joyi Eronning talabi bilan Ummonga köçirilgan. Joyning özgarişi Eron muzokaralarni faqat AQŞ bilan ikki tomonlama tor formatda ötkazişga intilayotganini körsatadi.
Joriy yilning 3 fevral kuni AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari Arabiston dengizida Amerika aviataşuvçisiga yaqinlaşgan Eron dronini urib tuşirgandi. Bu voqea ikki tomon örtasidagi keskinlikni kuçaytirgan bölsa-da, muzokaralar bekor bölmagan. Eron rasmiylarining takidlaşiça, uçraşuv faqat Eron yadroviy dasturi masalasiga qaratiladi va unda faqatgina Tehron hamda AQŞ iştirok etadi.
Oq uy muzokaralar muvaffaqiyatli bölişiga şubha bilan qaramoqda. Biroq, AQŞ mintaqadagi ittifoqçilarga hurmat yuzasidan rejalarni özgartirişga rozi böldi.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronning namoyişçilarga qarşi repressiyasidan keyin Tehronga qarşi kuç işlatişi mumkinligini aytgan edi. U kutilayotgan muzokarada Eronni yadroviy dasturini çeklaşga majbur qilişni maqsad qilmoqda.