USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron va AQŞ örtasida yadroviy muzokaralar tiklanişi mumkin

81 марта

Eron va AQŞ örtasida yadroviy muzokaralar tiklanişi mumkin

Eron va AQŞ örtasida sönggi oylar davomida keskinlikning pasayişi sabab tomonlar yadroviy muzokaralarni qayta boşlaş masalasida oldinga siljimoqda. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi. 

Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Bağoiyning aytişiça, bir neçta diplomatik taşabbuslar muhokama qilingan va yaqin kunlarda muzokaralar boşlanişi mumkin.

Xabarlarga köra, joriy yilning 6 fevral kuni Qatar, Turkiya, Misr va Ummon diplomatik say-harakatlari doirasida Istanbulda Eron va AQŞ vakillari örtasida uçraşuv ötkazilişi aytilmoqda. Unda AQŞning maxsus elçisi Stiv Uitkoff va Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi iştirok etişi mumkin. Biroq mazkur uçraşuv rasman tasdiqlanmagan.
Qayd etilişiça, Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon yadroviy kelişuv böyiça muzokaralarni qayta boşlaş böyiça topşiriq bergan. Keskinlikning yumşaşi AQŞ Prezidenti Donald Trampning yanvar oyida Yaqin Şarqqa harbiy kuçlarni yuborgani, biroq keyinçalik Tehronni yadroviy kelişuvga qaytişga çaqirgani fonida amalga oşmoqda. 

AQŞ Eronni uranni boyitişni töxtatiş, raketa dasturini çeklaş va mintaqadagi ittifoqçi qurolli guruhlarni qöllab-quvvatlaşdan voz keçişga çaqirmoqda. Tehron esa yadroviy dasturi faqat tinç maqsadlarda ekanini takidlab keladi va raketa masalasi muzokara mavzusi emasligini bildirib ötgan.
Tahlilçilarga köra, Eron iqtisodiy inqiroz va sanktsiyalar bosimi ostida qolayotgan bir paytda sanktsiyalarni yumşatiş Tehron uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu bilan birga, Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy har qanday taşqi hujum mintaqaviy uruşga olib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: