Eron yadroviy inşootlarini katta kuç bilan qayta tiklaydi – Pezeşkiyon
2-11-2025, 16:55
114 марта

Eron yadroviy inşootlarini katta kuç bilan qayta tiklaydi – Pezeşkiyon
Tehron özining yadroviy inşootlarini “katta kuç bilan” qayta tiklaydi, biroq mamlakat yadroviy qurolga intilmaydi. Bu haqda Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon bugun, 2 noyabr kuni davlat ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida malum qildi.Pezeşkiyon bu fikrlarini mamlakat Atom energiyasi taşkilotiga taşrifi çoğida Eron yadro sanoatining yuqori lavozimli rahbarlari bilan uçraşganida bildirdi.

“Binolar va fabrikalarni vayron qiliş biz uçun muammo tuğdirmaydi, biz ularni yanada qutratliroq kuç bilan qayta tiklaymiz”, dedi Eron Prezidenti davlat ommaviy axborot vositalariga.
Joriy yil iyun oyida AQŞ, Vaşingtonning takidlaşiça, yadroviy qurol işlab çiqarişga qaratilgan dasturning bir qismi bölgan Eron yadroviy inşootlariga hujumlar uyuştirgandi. Tehron özining yadroviy dasturi faqat fuqarolik maqsadlarida ekanligini takidlamoqda.

“Bularning barçasi xalq muammolarini hal qiliş, kasalliklar va xalq salomatligi uçun möljallangan”, dedi Pezeşkiyon Eronning yadroviy faoliyati haqida gapirib.