“Arsenal” 22 yillik tanaffusdan söng APL çempioni böldi
20-05-2026, 10:06
105 марта

“Arsenal” 22 yillik tanaffusdan söng APL çempioni böldi
Keça, 19 may kuni “Mançester Siti” “Bornmut” bilan durang öynadi. Natijada Londonning “Arsenal” jamoasi 22 yillik tanafusdan söng 2025-2026 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi çempioni böldi.Premer-liganing 37-turida “Arsenal” öz maydonida “Byornli”ni mağlub etdi. Londonliklarning asosiy taqibçisi “Mançester Siti” esa safarda “Bornmut” bilan 1:1 hisobida durang öynadi.
Natijada “Arsenal” 82 oçko bilan Angliya çempioniga aylandi. “Mançester Siti” esa 37 turdan keyin 78 oçko bilan ikkinçi örinda qoladigan böldi. Pep Gvardiola boşqarayotgan jamoa matematik jihatdan ham çempionlik imkoniyatini yöqotdi.
Bu sovrin “kanonirlar” uçun tarixdagi 14-çempionlik böldi. “Arsenal” bungaça 1930–1931, 1932–1933, 1933–1934, 1934–1935, 1937–1938, 1947–1948, 1952–1953, 1970–1971, 1988–1989, 1990–1991, 1997–1998, 2001–2002 va 2003–2004 yilgi mavsumlarda ham Angliya çempioni bölgan edi.