Putin Si Tszinpin bilan muzokaralarni boşladi
20-05-2026, 12:09
123 марта

Putin Si Tszinpin bilan muzokaralarni boşladi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoyga rasmiy taşrifi doirasida Pekindagi Xalq majlislari uyiga yetib bordi. Bu yerda u Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan muzokaralar ötkazadi. Bu haqda Rossiya OAVlari xabar berdi.Putinning Pekindagi dasturi Tyananmen maydonidagi rasmiy kutib oliş marosimidan boşlandi. Xitoy yetakçisi Rossiya Prezidentini şaxsan kutib olgan, şundan söng tomonlar delegatsiya azolarini bir-biriga taniştirgan.
Rossiya Prezidenti marosimga “Aurus” avtomobilida yetib kelgan. Yetakçilar qöl berib körişib, ikki davlat delegatsiyalarini qutlaşgan va Rossiya hamda Xitoy madhiyalari yangragan.
“Moskva atrofidagi oqşomlar” qöşiği sadolari ostida Putin va Si Tszinpin qöllarida ikki davlat bayroqlari va gullar uşlagan bolalar oldiga borgan.
Rossiya Prezidenti Xitoyga yirik delegatsiya bilan taşrif buyurgan. Delegatsiya tarkibidan beş nafar Boş vazir örinbosari, sakkiz vazir, prezident administratsiyasi vakillari, bir qator viloyat rahbarlari, davlat korporatsiyalari rahbarlari, yirik banklar boşqaruv raislari hamda biznes vakillari örin olgan.