“Bir kun körişmasang, göyo uç kuz ötgandek”. Putin Si Tszinpinga “paxta” qöydi
20-05-2026, 12:46
162 марта

“Bir kun körişmasang, göyo uç kuz ötgandek”. Putin Si Tszinpinga “paxta” qöydi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Pekinda rasmiy muzokaralarni boşladi. Bu haqda “Ria novosti” xabar berdi.
Putin bugun, 20 may kuni ertalab Pekin markazidagi Tyananmen maydonida joylaşgan Xalq yiğinlari saroyiga yetib keldi. U yerda Rossiya rahbarini şaxsan Si Tszinpin kutib oldi. Uçraşuv avvalida ikki davlat yetakçilari bir-birini köp yillik döst deb atagan.
“Xitoyda şunday deyişadi: bir kun körişmasang, göyo uç kuz ötgandek böladi”, degan Putin Xitoy maqolini keltirib.Rossiya prezidenti bu yil 25 yilligi nişonlanayotgan qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarning asosi deb atagan. Uning takidlaşiça, şu davr içida özaro savdo hajmi 30 baravarga ösib, 200 milliard dollardan oşgan.
“Bugun munosabatlarimiz misli körilmagan darajada yuqori bosqiçga çiqdi va haqiqiy keng qamrovli şeriklik hamda strategik hamkorlik namunasiga aylandi”, degan Putin.Uning sözlariga köra, Rossiya va Xitoyning taşqi siyosatdagi hamkorligi xalqaro munosabatlardagi asosiy barqarorlaştiruvçi omillardan biri hisoblanadi. U Moskva va Pekin yanada adolatli va demokratik jahon tartibini şakllantirişga intilayotganini takidlagan.
Putin ikki tomonlama munosabatlarda yuqori texnologiyalar, sanoat va qişloq xöjaligi sohalarini ustuvor yönaliş deb atagan. Şuningdek, Rossiya va Xitoy özaro vizasiz tartib amaliyotini davom ettirişini bildirgan. Rossiya Prezidenti Si Tszinpinni 2027 yilda Rossiyaga taşrif bilan kelişni taklif qildi hamda kuzda Şençjen şahrida ötadigan Osiyo–Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida iştirok etişga tayyorligini bildirgan.
“Xitoy–Rossiya munosabatlari siyosiy özaro işonç va strategik hamkorlikni mustahkamlaş jarayonidagi qatiy iroda tufayli bosqiçma-bosqiç hozirgi yuqori darajaga çiqdi”, degan Xitoy rahbari.U xalqaro vaziyat murakkablaşib, dunyoda böliniş va ustunlikka intiliş kuçayganiga qaramay, tinçlik, taraqqiyot va hamkorlikka intiliş hamon xalqlarning asosiy istagi bölib qolayotganini takidlagan.