Ayol futbolçilarni duşda videoga olgan murabbiy umrbod futboldan çetlatildi
20-05-2026, 17:53
786 марта

Ayol futbolçilarni duşda videoga olgan murabbiy umrbod futboldan çetlatildi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Çexiya ayollar terma jamoasining sobiq murabbiyi Petr Vlaxovskini futboldan umrbod çetlatdi. U ayol futbolçilarni kiyim almaştiriş va duş qabul qiliş vaqtida yaşirinça videoga olgan. Bu haqda “The Athletic” xabar beradi.Naşrning yozişiça, 2019 va 2023 yillar oraliğida Vlaxovski ryukzagiga örnatilgan yaşirin kameradan foydalanib, ayol futbolçilarning maşğulotlar va öyinlardan oldin hamda keyin kiyiniş xonalarida duş qabul qilayotgani va kiyim almaştirayotganini tasvirga olgan. Sportçilarning eng yoşi 17 yoşda bölgan.
Takidlanişiça, UEFA Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ni şunga öxşaş sanktsiyalarni joriy etişga hamda Çexiya futbol assotsiatsiyasidan mutaxassisning murabbiylik litsenziyasini bekor qilişni talab qilişga çaqirgan.
2023 yilda Vlaxovski ayol futbolçilarni kiyiniş xonalari va duşlarda yaşirinça suratga olgani aniqlangandan söng, hibsga olingan. Keyin sud unga jabrlangan 13 sportçiga kompensatsiya tölaşni buyurgan. 2025 yilning may oyida Çexiya sudi murabbiyni bir yillik şartli qamoq jazosiga va mamlakatda murabbiylik faoliyatini beş yilga taqiqlaşga hukm qilgan.