Z-avlod xavotirda: SI köplab iş örinlariga davogarlik qilyapti
20-05-2026, 23:58
182 марта

Z-avlod xavotirda: SI köplab iş örinlariga davogarlik qilyapti
Suniy intellekt sabab yirik kompaniyalarda minglab xodimlar işdan böşatilmoqda. Bu esa yoşlar orasida texnologiyaga nisbatan xavotir va norozilikni kuçaytirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, Standard Çartered kompaniyasi 7 mingdan ortiq iş örnini qisqartirişini malum qilgan. Kompaniya ayrim vazifalarni suniy intellekt bajarişini rejalaştirmoqda. Şu bilan birga, Meta global işçi kuçining qariyb 10 foizini qisqartiriş ustida işlayotgani aytilmoqda. Amazon esa samaradorlikni oşiriş va suniy intellekt texnologiyalarini keng joriy etiş maqsadida 30 ming korporativ iş örnini bekor qilgan. Block kompaniyasi ham xodimlarining deyarli yarmini qisqartirgani qayd etilgan.
Bu holatlar ortidan yoşlar orasida suniy intellektga nisbatan salbiy munosabat kuçaymoqda. Ayniqsa mehnat bozoriga endi kirib kelayotgan Z-avlod vakillari texnologiyalar kelajakda ularning iş örinlarini egallab olişidan xavotir olmoqda.
Google’ning sobiq boş direktori Erik Şmidt Arizona universitetida qilgan çiqişida suniy intellektning tasiri “har bir kasb, har bir laboratoriya va har bir inson hayotiga” yetib borişini aytgan. Uning sözlariga köra, bu özgarişlar oldingi texnologik inqiloblardan ham tezroq va kuçliroq böladi.
Gallup kompaniyasining aprel oyidagi tadqiqoti ham yoşlar orasida xavotir kuçayganini körsatdi. Sörovda qatnaşganlarning qariyb yarmi suniy intellektning xavfi foydasidan ustun ekanini bildirgan. Hisobot mualliflari sönggi bir yil içida yoşlarning texnologiyaga nisbatan salbiy kayfiyati sezilarli darajada oşganini takidlagan.