Eronda uruşda özini “qurbon qiliş”ga rozi bölgan juftliklar uçun ommaviy töy ötkazildi
21-05-2026, 07:44
169 марта

Eronda uruşda özini “qurbon qiliş”ga rozi bölgan juftliklar uçun ommaviy töy ötkazildi
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, marosimlar poytaxtning bir neçta yirik maydonlarida bölib ötgan. Unda yuzlab juftliklar iştirok etgan. Jumladan, Tehron markazidagi ulkan “Imom Husayn” maydonining özida 110 dan ortiq juftlik jam böldi.
Töy uruş davridagi xalq ruhini kötariş maqsadida davlat televideniyesi orqali jonli efirga uzatildi. AQŞ va Isroilning 28 fevraldagi yalpi zarbalari bilan boşlangan uruş hozirda vaqtinça töxtagan. Biroq bu “zaif” sulh şaroitida AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi qayta-qayta yangi harbiy çoralar bilan tahdid qilmoqda.
Eron davlat matbuotiga köra, töy egalari “özini qurbon qiliş” sxemasida röyxatdan ötgan. Unga azo bölganlar uruşda öz hayotini xavf ostiga qöyişga vada beradi. Masalan, ular elektr stantsiyalari atrofida “tirik zanjirlar” hosil qilişi közda tutilgan.
Millionlab odamlar röyxatdan ötgan
Rasmiylarining malum qilişiça, millionlab odamlar bu sxemada qatnaşiş uçun ariza topşirgan. Ular orasida mamlakatning yuqori martabali şaxslari, jumladan, parlament spikeri Muhammad Bağir Ğalibof va prezident Masud Pezeşkiyon ham bor.
Bu tadbirlar rejimning milliy birlik va uruşga tayyorlikni körsatişga qaratilgan keng kölamli kampaniyasining bir qismidir. 18 may kuni Tehronning turli maydonlarida çodirlar ham tiklandi. U yerda harbiylar aholiga öq otiş qurollaridan foydalaniş böyiça boşlanğiç saboqlarni berdi.
AFP agentligi taqdim etgan tasvirlariga köra, kelin-kuyovlar “Imom Husayn” maydoniga pulemyotlar örnatilgan harbiy jiplarda yetib kelgan. Nikoh marosimi sahnada diniy ulamo boşçiligida ötkazilgan.
Sahna şarlar va oliy rahnamo Mojtaba Xomanaiyning ulkan surati bilan bezatilgan. Mojtaba uruşning birinçi kunida otasi va özidan oldingi rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiy öldirilganidan keyin bu lavozimga kötarilgan edi. U öşandan beri hali jamoatçilikka köriniş bergani yöq.
“Töğri, mamlakatda uruş ketmoqda, lekin yoşlarning ham oila qurişga haqqi bor”, dedi kelinlik libosidagi ayol.