Yaponiyada 50 dan ortiq avtomobil töqnaşdi. Qurbon bor
27-12-2025, 12:18
214 марта

Yaponiyada 50 dan ortiq avtomobil töqnaşdi. Qurbon bor
Yaponiyada muzlama sababli yirik yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Yaponiya jamoat televideniyesi xabar berdi.Malumotlarga köra, tezkor avtomagistralda 50 dan ortiq avtomobil töqnaşgan, ulardan kamida 10 tasi yonib ketgan. Ommaviy avariya oqibatida bir nafar keksa ayol vafot etgan.
Yana beş kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan, 21 kişi esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Rasmiylarga köra, qurbonlar va jabrlanganlar soni hali yakuniy emas, u köpayişi mumkin.