Tramp Si Tszinpin va Putinning uçraşuviga munosabat bildirdi
21-05-2026, 07:49
360 марта

Tramp Si Tszinpin va Putinning uçraşuviga munosabat bildirdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakçisi Si Tszinpin örtasidagi muzokaralarni olqişladi. Tramp ikkala hamkasbi bilan ham «yaxşi munosabatlar örnatganini» takidladi.«Menimça, bu yaxşi. Ikkala rahbar bilan ham ajoyib muloqotdaman», dedi Amerika prezidenti. U «hamma bilan» yaxşi çiqişişiga işonç bildirdi.
Eslatib ötamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Tszinpin Pekin şahrida uçraşuv ötkazib, ikki davlat örtasidagi strategik hamkorlik va xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi.
Muzokaralar avvalida Putin Rossiya va Xitoy munosabatlari «misli körilmagan darajada yuqori bosqiçga» çiqqanini takidlab, ularni «haqiqiy har tomonlama şeriklik namunasi» deb atadi.
Putindan avval Donald Tramp 13-15 may kunlari mamlakatga taşrif buyurgan. Bu Amerika prezidentining 2017 yildan beri Xitoyga birinçi taşrifi edi.