Zelenskiy va Putin uçraşuv haqida kelişib oldi – Tramp
20-08-2025, 10:10
353 марта

Zelenskiy va Putin uçraşuv haqida kelişib oldi – Tramp
Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy uruşni tugatiş masalasini muhokama qiliş uçun ikki tomonlama uçraşuv taşkil qiliş jarayonida. Bu haqda keça, 19 avgust kuni Oq uy rahbari Donald Tramp malum qildi.“Prezident Putin bilan juda muvaffaqiyatli uçraşuv ötkazdim. Prezident Zelenskiy bilan uçraşuvim juda muvaffaqiyatli böldi va endi men nima bölişini köriş uçun ular mensiz uçraşişsa yaxşi bölardi, deb öyladim”, dedi AQŞ Prezidenti “The Mark Levin Şow” efirida.Trampning matbuot kotibi Kerolayn Livitt Putinning Zelenskiy bilan şaxsiy uçraşuvga tayyorligini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina Prezidentlari örtasidagi uçraşuv rejasi hozir “işlab çiqilmoqda”, “köp variantlar” muhokama qilinmoqda.
“Ikkala yetakçi ham bir-birlari bilan (muzokaralar stoliga) ötirişga tayyor ekanini bildirdi va şuning uçun bizning milliy xavfsizlik guruhimiz bunda ikkala davlatga yordam beradi”, deydi Livitt.18 avgust kuni Vaşingtonda Ukraina Prezidenti va yevropalik siyosatçilar bilan bölib ötgan muzokaralardan söng Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Putin va Zelenskiy örtasidagi uçraşuvga tayyorgarlik haqida malum qildi. Yakkama-yakka uçraşuv yakunlari böyiça uç tomonlama muzokaralar bölib ötadi.