Nyu-Yorkni suv bosdi
21-05-2026, 15:31
45 марта

Nyu-Yorkni suv bosdi
AQŞning Nyu-York şahri keça, 20 may kuni kuzatilgan kuçli böron va jala oqibatida suv ostida qoldi, odamlarni suv oqizib ketmoqda. Bu haqda CBS News xabar berdi.Mahalliy OAVlarga köra, ayniqsa Brooklyn va Queens hududlarida vaziyat murakkablaşgan. Kuçli yoğingarçilik sabab ayrim köçalar bir neça daqiqada suv ostida qolgan. Odamlar va avtomobillar suvga tölgan yöllarda harakatlanişga majbur bölgan.
Queens Village hududidagi Hempstead Avenue köçasida avtobus suv bosgan yöldan zörğa harakatlangan. Freş Meadows hududidagi haydovçilardan biri esa burilişdan keyin maşinasi deyarli suvda qolib ketganini aytgan.
“Men birdan katta suv oqimiga kirib qoldim. Maşinamga nima bölişini ham bilmayman”, degan u.Forest Park Golf Course yaqinida yaşovçilar köçalar bir neça daqiqa içida suvga tölib ketganini bildirgan.
“Hammasi juda tez sodir böldi. Yana bir neça daqiqa yomğir yoğsa, vaziyat yanada yomonlaşardi”, degan mahalliy aholi vakillaridan biri Çristina Molona.Hozirda hududlarda tozalaş işlari davom etmoqda. Nyu-Jersining ayrim qismlarida esa daraxtlar va elektr uzatiş liniyalari qulagani aytilmoqda.