Malida vaziyat jiddiy: isyonçilar poytaxtni qamal qildi
22-05-2026, 07:43
133 марта

Malida vaziyat jiddiy: isyonçilar poytaxtni qamal qildi
Bugun, 21 may kuni Mali poytaxti Bamakoni terrorçilar qamal ostiga oldi. Oqibatda önlab transport vositalari, jumladan, yonilği tankerlari, mikroavtobuslar va yuk maşinalari yoqib yuborilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.Mali hukumatining malum qilişiça, terrorçilar şaharni qamal qilişni kuçaytirmoqda. Poytaxt Bamakoda vaziyat jiddiyligiça qolmoqda. Şaharga kiriş va çiqiş yöllari berkitib qöyilgan.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarga köra, hodisa Bamako ğarbidan tahminan 45 km uzoqlikda sodir bölgan. Videoda mikroavtobuslar va avtomobillarning yonib kul bölganini köriş mumkin. Qurbonlar va yaralanganlar haqida aniq malumot yöq.
“Al-Qoida”ga aloqador JNIM terroristik guruhi joriy yilning aprel oyidan mamlakatning turli çekkalariga, jumladan, harbiy bazalar va aholi istiqomat qiladigan hududlarga hujumlar uyuştirgan. Bosqinlar may oyining örtalariga kelib keskin tus oldi.
Terrorçilar joriy yilning 6 may kuni Mopti tumanidagi Korikori va Gomossogou qişloqlariga uyuştirgan qurolli bosqin oqibatida 30 dan ortiq tinç aholi halok bölgan va önlab insonlar yaralangan.