Erondagi isyonlar 25 ta şaharni qamrab oldi
5-01-2026, 09:56
306 марта

Erondagi isyonlar 25 ta şaharni qamrab oldi
Erondagi isyonlar 25 ta şaharni qamrab oldi. Ular orasida Şarqiy Ozarbayjon şaharlari ham bor.Mamlakatning ğarbiy va janubi-ğarbiy viloyatlarida isyonçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlarda qon tökildi. Rasmiy malumotlarga köra, tartibsizliklar davomida kamida 15 kişi halok böldi, ular orasida xavfsizlik kuçlari xodimlari ham bor.
Yosuj şahri markazi isyonçilar nazoratiga ötgan, Marvdaştda esa ular politsiya binosini egallagan. Eronning 31 viloyatidan 22 tasida isyonlar avjiga çiqqan. Hozirça nomalum sabablarga köra, Tehron ğarbidagi Islom inqilobi qöriqçilari korpusi bazasida kuçli portlaş sodir bölgan.
Namoyişçilarning şiorlari nihoyatda qatiy va oçiq: «Diktatorga ölim», «Bu oxirgi jang, Pahlaviy qaytib keladi», «Taxt vorisi, qayerdasan? Bizni qutqar», «Yaşasin şoh!».
Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy sodir bölayotgan voqealarni izohlarkan, namoyişçilarning talablari «adolatli» ekanini aytdi. Şu bilan birga, u «isyonçilarni joyiga tuşirib qöyiş kerak», degan.