Erondagi özbekistonliklar ham ogohlantirildi
13-06-2025, 10:13
271 марта

Erondagi özbekistonliklar ham ogohlantirildi
Eron Islom Respublikasida istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolaridan xavfsizlik çoralariga qatiy rioya qiliş söralmoqda. Bu haqda Özbekistonning Erondagi elçixonasi ogohlantiriş bilan çiqdi.Xususan, Eron atrofidagi vaziyatning keskinlaşişi, raketa otişmalari kutilişi munosabati bilan Özbekiston elçixonasi Erondagi Özbekiston fuqarolariga xavfsizlik çoralariga qatiy rioya qilişni, şuningdek, Eron hukumati va Özbekiston elçixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravişda kuzatib borişni tavsiya qiladi.
Şuningdek, şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar va Özbekiston elçixonasining aloqa malumotlarini doimo olib yuriş söraladi.
Agar şoşilinç yordam yoki maslahat kerak bölsa, Özbekistonning Tehrondagi elçixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiliş mumkin:
Favqulodda yordam telefonlari:
- 22299780
- 22832025