Özbekiston TIV Rossiyaga nota yubordi
11-06-2025, 02:02
719 марта

Özbekiston TIV Rossiyaga nota yubordi
Özbekiston Rossiyada bölib turgan mehnat migrantlariga nisbatan kuç işlatar tuzilmalar tomonidan qilinayotgan qöpol, inson huquqlariga zid harakatlar yuzasidan nota yuborib, huquq-tartibot organlarining faoliyatiga huquqiy baho berilişini söradi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, bugun, 10 iyun kuni Özbekiston Taşqi işlar vazirligida Rossiya tomoni bilan har oy migratsiya masalalari böyiça ötkaziladigan navbatdagi uçraşuv taşkil etilgan.
Uçraşuvda Rossiya Federatsiyasi hududida ayrim holatlarda Özbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekşiruvlar, hurmatsizlik va qöpol muomalalar kuzatilayotgani töğrisidagi xabarlar taşviş uyğotayotganini takidlangan.
“Bunday holatlar mamlakatlarimiz örtasidagi döstona munosabatlarga aslo töğri kelmasligi, ularni oldini oliş uçun aniq çora-tadbirlar zarurligiga etibor qaratdik”, deyiladi TIV xabarida.Rasmiy axborotda Özbekiston Respublikasi xorijda yaşayotgan va vaqtinça bölib turgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilişni özining ustuvor vazifasi, deb bilişi urğulangan.
Şuningdek, bildirilişiça, uşbu masala yuzasidan Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi tomonidan ham Rossiya tomoni bilan tegişli diplomatik kanallar orqali muloqot olib borilmoqda.
“Özbekiston tomoni barça fuqarolarga nisbatan xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya qilinişini taminlaşga çaqiradi.Şu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasining tegişli idoralarini Özbekiston fuqarolariga nisbatan hurmat bilan munosabatda böliş, ularning şani va qadr-qimmatini kamsitmaslikka çaqirib qolamiz”, deydi TIV.
Moskvadagi holat yuzasidan Rossiya Taşqi işlar vazirligiga Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi tomonidan nota yuborilib, Rossiya TIVdan uşbu holatga izoh beriş hamda inson huquqlari yaqqol buzilganligi aks etganligi, bu esa qabul qilib bölmas holatligi takidlanib, kuç işlatar taşkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho beriş söralgan.
Xabarda aytilişiça, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi uşbu masalani özining doimiy nazoratida uşlab turadi va kerakli hollarda qöşimça çoralar körişni davom ettiradi.
Eslatib ötamiz, joriy hafta boşida ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya poytaxti Moskvadagi Mudofaa vazirligi muassasalaridan birida xavfsizlik kuçlari migrantlarga qarşi reyd ötkazgani videosi tarqaldi. Holat joriy yilning 8 iyun kuni kuni sodir bölgan. Videoda kuç işlatar tuzilmalar xodimlari migrantlarni urib, tepib, haqoratlab, binodan haydab çiqarayotganini köriş mumkin.
Mazkur vaziyatga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ham munosabat bildirdi. Vakolatxonaga köra, Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvçi organlaridan rasmiy malumot kutilmoqda. Özbekiston Respublikasi Moskva şahridagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi uşbu masalani nazoratga olgan.