Qozoğistonda 3 nafar özbekistonlik portlab ketdi
13-09-2025, 16:51
917 марта

Qozoğistonda 3 nafar özbekistonlik portlab ketdi
Joriy yilning 11 sentyabr kuni Qozoğistonning Olmaota viloyatida metall qabul qiliş şoxobçasida sodir bölgan portlaş oqibatida 3 nafar özbekistonlik halok böldi. Bu haqda viloyat politsiya boşqarmasiga tayanib, “Zakon.kz” xabar berdi.“Olmaota viloyatining Iliy tumanida joylaşgan metall qabul qiliş şoxobçalaridan birida yuz bergan fojiali hodisa böyiça politsiya jinoyat işi qözğatdi. Nomalum predmet portlaşi oqibatida uç kişi halok böldi. Ularning jasadlari hayot alomatlarisiz topildi. Hodisa joyiga darhol tezkor xizmatlar – politsiya, yonğin xavfsizligi xodimlari va tez tibbiy yordam brigadasi yetib bordi”, deyiladi xabarda.
Hozirda tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda, voqeaning sabablari aniqlanmoqda. Hodisa tafsilotlari oşkor qilinmagan. Rasmiy talqinga köra, metall qabul qiliş jarayonida nomalum buyum portlab ketgan. Taşkilot egasining aytişiça, metall orasida mina bölgan bölişi mumkin.
“Bizning ortimizda tsex bor. Uni xitoyliklar ijaraga olgan. Aftidan, ular öz vaqtida arzon narxda metallolom sotib olişgan. Özlari ham bilişmagan. Şular orasida Mudofaa vazirligidan çiqqan metall çiqindilari bölişi mumkin. Lekin ular orasida portlamagan minalar ham çiqqan, deb öylayman. Hozir barça kuç tuzilmalari kelgan, tekşirişmoqda”, deydi şoxobça egasi Amirbek Şerbayev.