Pokistonda terakt oqibatida 16 harbiy halok böldi
28-06-2025, 19:03
137 марта

Pokistonda terakt oqibatida 16 harbiy halok böldi
Pokistonning Afğoniston bilan çegaradoş Xayber-Paxtunxva viloyatida nomalum şaxs harbiy kolonnaga hujum qildi va oqibatda 16 kişi halok böldi. Bu haqda “France Press” xabar berdi.Malum qilinişiça, uşbu hujum oqibatida kamida 16 nafar harbiy xizmatçi halok bölgan, yana 10 nafari jarohat olgan. Bundan taşqari, 19 nafar tinç aholi vakili ham jarohatlangani malum qilingan.
Viloyat politsiyasi xodimining sözlariga köra, portlaş oqibatida ikki uyning tomi qulab tuşgan, şu sababli olti nafar bola jabr körgan.
Rasmiylar hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.
“The Times of India” naşrining yozişiça, portlaş uçun javobgarlikni Pokistondagi “Tolibon” harakatining dala qömondoni Hofiz Gul Bahodurning guruhi öz zimmasiga olgan.