Xitoyda osma köprik uzilib ketişi oqibatida 5 kişi halok böldi
8-08-2025, 17:49
260 марта

Xitoyda osma köprik uzilib ketişi oqibatida 5 kişi halok böldi
Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonidagi boğlardan birida osma köprik trosi uzilib ketişi oqibatida beş kişi halok böldi, yana 24 kişi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.Hodisa joriy yilning 6 avgust kuni keçqurun Ili-Qozoq okrugiga qaraşli Çovsu uyezdining Şata hududidagi osma köprikda yuz bergan. Köprik trosi uzilib ketgan va oqibatda köprik qoplamasi qiyşaygan. 29 kişi undan tuşib ketgan.
Hodisa oqibatida 5 kişi halok bölgan, 22 kişi yengil tan jarohati olgan, yana ikki kişi oğir şikastlangan. Barça jabrlanganlar şifoxonaga yetkazilgan. Hozirda boğ taşrif buyuruvçilar uçun yopilgan. Hodisa sabablari böyiça tergov işlari olib borilmoqda.