Everestda rekord: Bir kunda 274 nafar alpinist çöqqiga çiqdi
22-05-2026, 16:03
46 марта

Everestda rekord: Bir kunda 274 nafar alpinist çöqqiga çiqdi
Nepal hududi orqali bir kunning özida rekord darajadagi 274 nafar alpinist Everest çöqqisini zabt etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.Malum qilinişiça, Everestdagi bahorgi mavsum yirik muz bölagi kötariliş yölini tösib qöygani sabab keç boşlangan. Ob-havo yaxşilangaç, yuzlab alpinistlar çöqqi sari yöl olgan.
Nepal turizm departamenti vakili Ximlal Gautamning aytişiça, kötarilişlar mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da boşlanib, 11 soat davom etgan.
Bu natija 2019 yil 22 may kuni örnatilgan avvalgi rekordni yangiladi. Öşanda Nepal tomoni orqali 223 nafar alpinist Everestga çiqqan edi.
Joriy yilda balandligi 8849 metr bölgan Everestga çiqiş uçun qariyb 500 xorijlikka ruxsatnoma berilgan. Mutaxassislar esa toğdagi xavfsizlik bilan boğliq muammolar kuçayişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.