Rossiyada musulmonlar idorasining ikki muftiysi hibsga olindi
23-05-2026, 12:39
614 марта

Rossiyada musulmonlar idorasining ikki muftiysi hibsga olindi
Rossiyada musulmonlar diniy boşqarmasining ikki muftiysi hibsga olindi. Ulardan biri poraxörlikda, ikkinçisi politsiyaga böysunmaslikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.Mordoviya muftiysi Rail Asainov va Kareliyaning sobiq muftiysi Imom Visam Ali Bardvil hibsga olingani rasman tasdiqlandi. Birinçisiga jinoiy iş, ikkinçisi esa mamuriy ayblovlar qözğatilgan. Boşqa musulmon diniy arboblarining hibsga olingani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Qölga olinganlar köproq bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Hibsga olişlar haqida dastlab özini siyosatşunos va xalqaro munosabatlar tahlilçisi deb taniştiruvçi bloger Orxan Hasanzade xabar berdi. U 19 may kuni Telegram’dagi kanalida Rossiyaning turli hududlarida musulmon diniy vakillari va faollariga qarşi reydlar ötkazilganini yozgan.
Uning davosiga köra, Saransk şahrida Rail Asaynov hamda Mordoviya musulmon jamoasining beş nafar faol azosi hibsga olingan. Moskvada esa Janubiy Butovo masjidi imomi va Kareliyaning sobiq muftiysi Visam Ali Bardvil qölga olingani aytilmoqda.
Şuningdek, Sankt-Peterburgda avval dinlararo adovat qözğaşda ayblangan musulmon voizi Muhammad Xenni, Saratovda esa viloyat muftiysi örinbosari, falastinlik Nidal al-Hix uşlangani haqida xabarlar tarqalgan.
Bu malumotlar keyinçalik rossiyalik harbiy muxbir Dmitriy Steşin hamda teleboşlovçi Ruslan Ostaşko tomonidan ham tarqatildi. Ostaşko hibsga olingan ayrim diniy vakillar “Musulmon birodarlar” va xorijiy taşkilotlar bilan aloqador bölganini davo qilgan. Biroq hozirça bu malumotlar rasman tasdiqlanmagan.
Oradan bir kun ötib, 20 may kuni ayrim hibslar haqidagi malumotlar tasdiqlandi. Moskvaning Taganskiy tuman sudi Kareliyaning sobiq muftiysi va Janubiy Butovo masjidi imomi Visam Ali Bardvilni politsiya talabiga böysunmagani uçun 15 sutkalik mamuriy qamoqqa hukm qilganini malum qildi. Rossiya Içki işlar vazirligiga köra, Bardvil 14 may kuni Şeremetevo aeroportida politsiyaga pasportni körsatişdan boş tortgan va qoçişga uringan. Huquq-tartibot xodimlari uni xizmat avtomobiliga olib çiqayotganida esa qarşilik körsatgani aytilmoqda.
Şuningdek, Mordoviya muftiysi örinbosari Raşit Abdraşitov muftiy Rail Assainovning poraxörlik işi böyiça hibsga olinganini tasdiqladi. Tergov malumotlariga köra, Assainov Mordoviya davlat universitetidagi Islom iqtisodiyoti va moliyasi magistratura dasturi rahbariga talabalar imtihondan muvaffaqiyatli ötişi uçun pora taklif qilganlikda gumon qilinmoqda. Muftiyat vakili esa bu holatni “tuşunmovçilik” deb atab, poraxörlik bölişi mumkin emasligini bildirgan.